20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13 °C

Mamlakatimizda
9 May  2019 1337

Faxriy jurnalistlar uchun bayram dasturxoni yozildi

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida   9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Prezidentimizning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi  Farmoni    faxriylarga  bo‘lgan cheksiz hurmat-e'tibor, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikdan dalolatdir. Davlatimiz rahbarining farmoniga muvofiq bu yil ham keng jamoatchilik vakillari ishtirokida urush qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarining ruhi va kayfiyatini ko‘taradigan bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda O‘zbekiston ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash  «Ilhom» jamoat fondi tomonidan bir guruh faxriy jurnalistlar uchun bayram  dasturxoni yozilib, 40 nafar faxriy jurnalistga pul mukofotlari va sovg‘alar topshirildi.

Tadbirda ijodkor nuroniylar bugungi tinch-osoyishta hamda farovon hayotimizga shukronalar aytib, davlatimiz rahbari tomonidan qalam ahliga ko‘rsatilayotgan e'tibor uchun minnatdorlik bildirishdi.  

– Urush qatnashchisi hamda mehnat faxriysi sifatida bizga ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rlikdan mamnunman. Har yili ushbu bayram arafasida uyushmamiz bizni bir dasturxon atrofiga to‘playdi, – deydi faxriy jurnalist Georgiy Lyubimov. – Bugungi tadbirda o‘zim bilan birga ishlagan faxriylar bilan diydorlashib, gurunglashdik. Ochig‘i, bunday e'zoz-e'tibordan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi.  Keksalarini qadrlagan el-yurt hech qachon kam bo‘lmaydi. Bunday tinch-totuv kunlarga osonlikcha yetib kelganimiz yo‘q. Shuning uchun tinchlikni qadrlash katta-yu kichikning burchidir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech