16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,6 °C

Mamlakatimizda
6 Avgust  2019 394

“Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibi to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra ushbu maqom iqtisodiyot, fan, madaniyat va san'at, ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga katta investitsiya kiritgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida xayriya faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Ushbu maqom Prezident tashabbusi bilan berilishi mumkin.

Bunda qaror Senat tomonidan qabul qilinadi, guvohnoma esa Senat raisi tomonidan imzolanadi va topshiriladi.

Agar ushbu tashabbus davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan berilgan bo‘lsa, qaror tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilanadi.

Ushbu maqom O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun asos hisoblanmaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech