05 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Xavfsizlik
13 Iyul  2020 388

Farzandini qimmatroqqa sotmoqchi boʻldi

Surxondaryo viloyati Fuqarolik ishlari boʻyicha Qumqoʻrgʻon tumanlararo sudining 2020-yilning aprel oyidagi yigʻilishida Jarqoʻrgʻonda yashovchi 28 yoshli ayol qiz farzandini Qumqoʻrgʻon tumanida yashovchi 35 yoshli ayolga qonuniy, sud orqali farzandlikka berishga rozi boʻlgan.

Buning uchun tugʻruq davomida ketgan dori-darmon va boshqa sarf-xarajatlarga deb 1 700 000 soʻm pullarni olib, farzandlikka berish uchun barcha hujjatlarni toʻplab sud zaliga borganda fikridan qaytib farzandini bermasligini bildirgan.

Oradan bir necha kun oʻtib, oʻsha ayolning oʻzi telefon orqali va bir necha marotaba bolani olmoqchi boʻlgan ayolning uyiga kelib, qiz chaqalogʻini sotish uchun undan 10 000 000 soʻm miqdordagi pul mablagʻini talab qilgan. Ikkinchi ayol esa mazkur holatni koʻrsatib, IIB ga ariza bilan murojaat qilgan.

IIB xodimlari tomonidan 2020-yil 3-iyulda Qumqoʻrgʻon tuman “Oqsoy” mahallasi hududidagi “Yoshlar xiyoboni”da oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “uddaburon ona” qiz chaqalogʻi uchun ariza bilan murojaat qilgan ayoldan oʻzi talab qilgan 10 000 000 soʻm pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qumqoʻrgʻon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech