07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Xalqaro hamkorlik
1 Mart  2020 898

Farg‘onada olovi — Vologdada tutuni

Joriy yilning 24-27-fevral kunlari Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev rahbarligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga xizmat safari amalga oshirildi.

Tashrifdan ko‘zda tutilgan maqsad to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, Farg‘ona viloyati bilan Rossiya Federatsiyasining hududlari o‘rtasida xamkorlik aloqalarining yangi istiqbollarini belgilash, shuningdek, joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «O‘zbekiston-Rossiya hududlararo hamkorlik II forumi»ga tayyorgarlik ko‘rishdan iboratdir.

Delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk, Perm o‘lkalari va Vologda oblastiga tashrif buyurdilar. 

Krasnoyarsk hamda Perm o‘lkalari gubernatorlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi eng katta yutuqlardan biri — bu hududlar o‘rtasidagi tovar aylanmasini ikki baravarga ko‘paytirish bo‘ldi.

Shuningdek, Krasnoyarsk va Perm o‘lkalari tadbirkorlari hamda Farg‘ona viloyatidan tashrif buyurgan 14 ta yirik tadbirkorlar uchrashuvi ham o‘tkazildi.

Xususan, investitsion loyihalar doirasida Krasnoyarsk o‘lkasi tadbirkorlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida loyiha qiymati 150,0 million dollar bo‘lgan magniy va qiymati 10,0 million dollar bo‘lgan mebel ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, Krasnoyarsk o‘lkasiga esa 70,0 million dollar qiymatidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Perm o‘lkasida Farg‘onada yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona tashkil etish, kimyo, neft va gaz industriyasi, turizm va ta’lim sohalarini, shuningdek raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida, hamda aqlli shahar konsepsiyasini amalga oshirishda hamkorlik qilish, Farg‘ona viloyatida kabel ishlab chiqarish yo‘nalishida qo‘shma korxona tashkil etish, shuningdek viloyatda texnopark tashkil etishga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi.

Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk va Perm o‘lkalari hamda Vologda viloyati bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida joriy yil mart-aprel oylarida mazkur o‘lkalarning rahbariyat va tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaini Farg‘ona viloyatiga tashrifi kutilmoqda, deb xabar beradi Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech