17 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2 °C

Xavfsizlik
6 Dekabr  2019 501

Farg‘onada bosh prokuratura departamenti xodimiga qarshilik ko‘rsatildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. (1981 y.t.) qonunga xilof ravishda jami 4.200 AQSh dollarini 40,2 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlangan, deb xabar qiladi bosh prokuratura matbuot kotibi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro X.M. departament xodimi M.A.ning ko‘z sohasiga gaz balloncha bilan gaz sepib, unga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan 5-dekabr kuni Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech