19 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Mamlakatimizda
31 Dekabr  2018 1238

Farg‘ona vodiysiga Qozog‘istondan gaz yetkazib berish boshlandi

Endi Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatining minglab aholisi Yangi yilni issiqqina uylarda kutib oladi.

Ochig‘i, bir necha yildan beri kuz-qish davrida, ayniqsa, havo sovuq kunlarda tabiiy gaz bosimining pasayishi yoki umuman tabiiy gaz bo‘lmasligi Vodiy viloyatlari aholisining jiddiy tashvishiga aylangan edi. Bu masala aholining katta e’tirozlariga sabab bo‘lib, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalar markazida bo‘ldi.

Ushbu muammoni hal etish, odamlarga munosib turmush sharoitlari yaratib berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining “KazTransGaz” kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazilib, uning natijasi ularoq Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini bir maromda va barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha muhim kelishuv imzolandi.

Bugun, 31-dekabrdan boshlab Farg‘ona vodiysi iste’molchilariga tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi.

– 2019-yil Farg‘ona vodiysi iste’molchilari uchun katta quvonchlar bilan boshlanadigan bo‘ldi, – deydi “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati raisi Bahodir Eshmuratov. – Qozog‘iston Respublikasining «KazTransGaz» kompaniyasi bilan erishilgan kelishuvga asosan Gazli-Chimkent-Toshkent-Pungon yo‘nalishi bo‘yicha tabiiy gaz to‘g‘ridan to‘g‘ri Gazli gazni yer ostida saqlash inshootidan Farg‘ona vodiysi iste’molchilariga yetkazib beriladi. Bu vodiydagi ko‘p sonli aholimiz, sanoat va ishlab chiqarish korxonalarini bir maromda va yuqori bosimda tabiiy gaz bilan ta’minlash imkonini yaratdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech