11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,3 °C

Mamlakatimizda
11 Aprel  2019 1292

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” xorijiy investorga sotiladi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy ivestitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ-4275, 10.04.2019 y.) qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning ustav kapitalidagi “O‘zbekneftmahsulot” AJning 100 foiz ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berildi, deya ma'lum qilmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi “PT Trans Asia Resources” (Indoneziya) xorijiy kompaniyasining investitsiyalarini jalb etgan holda modernizatsiya qilinadi.

“PT Trans Asia Resources” kompaniyasi zavodni modernizatsiya qilib, to‘liq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganidan so‘ng, keyinchalik foydalanish uchun yetakchi xalqaro kompaniyalardan iborat konsorsium tashkil etiladi.

Keyinchalik zavodning ustav kapitalidagi davlat ulushi Hukumat shartlari asosida “PT Trans Asia Resources” kompaniyasiga sotiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech