23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,8 °C

Mamlakatimizda
6 Iyun  2019 861

“Fara”larni yoqib yurish bo‘yicha talab ikki yilga uzaytirildi

Ma'lumki, Hukumatning 9-apreldagi qarori bilan barcha transport vositalariga chiroqlarni kunduzi yoqib yurish bo‘yicha talab qo‘yilgan edi.

 

Tartib joriy etilgandan so‘ng o‘tgan davr  davomida Ichki ishlar vazirligi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda ushbu tartib tahlil qilindi hamda tegishli loyiha may oyining boshida Hukumatga kiritilgan.

Qabul qilingan Hukumat qaroriga (460-son, 04.06.2019 y.) muvofiq “faralar” bo‘yicha qat'iy talab haydovchilarga emas, ishlab chiqaruvchilarga qo‘yiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma'lum qiladi.

Ya'ni qarorga ko‘ra 2021-yil 1-yanvarga qadar kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish shartligi to‘g‘risidagi talab faqatgina avtomatik yonib turuvchi kunduzgi chiroqlari bor mashinalarga nisbatan tatbiq etiladi.

Shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan boshlab ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga sutkaning yorug‘ vaqtida avtomatik yonadigan chiroqlar o‘rnatish majburiy etib belgilanadi. Import avtomobillarning ham shunday avtomatik yonadigan chiroqlari bo‘lmasa, mamlakat ichkarisiga olib kirilishiga ruxsat berilmaydi.

Bundan tashqari, Hukumat topshirig‘iga asosan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ham tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini (hozirda 101 ming 365 so‘m) kamaytirishga oid tegishli Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech