20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Xalqaro munosabatlar
15 Aprel  2019 706
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Faol siyosiy muloqotlarning izchil davomi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 14-aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Oliy martabali mehmon 15-aprel kuni Ko‘ksaroyda rasmiy kutib olindi.  

 

Ushbu marosimdan so‘ng davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. 

Prezidentimiz Qozog‘iston rahbarini O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlab, bu keyingi yillarda ancha faollashgan siyosiy muloqotlarning izchil davomi ekanini ta’kidladi.

– Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti sifatida ilk davlat tashrifingizni O‘zbekistonga amalga oshirganingizni yuqori baholaymiz. Buni mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga qat’iy intilish ifodasi deb bilamiz. Qozog‘iston biz uchun yaqin qo‘shni, strategik sherik. Hamkorligimizning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ijobiy dinamikaga erishilayotganidan mamnunmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekistonga taklif uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, muzokaralar samarali o‘tishiga ishonishini qayd etdi.

– Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik sifati va amaliy mazmuni haqidagi gaplaringizga to‘la qo‘shilaman. Siz, hurmatli Shavkat Miromonovich va Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev davlatlararo munosabatlarni yuqori bosqichga olib chiqdingiz. Bu sur’atni saqlab qolishni o‘zimning asosiy vazifam deb bilaman. Qozog‘istonda qardosh O‘zbekiston bilan aloqalarga talab juda katta, – dedi Qasim-Jomart Toqayev.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, transport, sanoat kooperatsiyasi, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi. 

O‘zbekiston va Qozog‘iston BMT, ShHT, MDH, Islom hamkorlik tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi kabi xalqaro tuzilmalar doirasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Qozog‘iston mamlakatimiz tashabbusi bilan BMT shafeligida tashkil etilgan Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyatini qo‘llab-quvvatladi.  

Mintaqada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga ko‘maklashish masalalariga ham e’tibor qaratildi.  

Muloqotda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha tomonlarning pozitsiyalari mos yoki yaqin ekani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech