07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,5 °C

Energetika
30 Mart  2020 684

Qo‘shimcha propan-butan aralashmasi ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda har yili qo‘shimcha 61 ming tonna propan-butan aralashmasi ishlab chiqariladi.

 “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan “Sho‘rtan” neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida mavjud uchta propan-butan aralashmasini olish qurilmasini modernizatsiya qilish” bo‘yicha qiymati 49 million dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyihani amalga oshirish uchun Ukraina, Rossiya, Shveysariya va boshqa chet el zavodlarida ishlab chiqarilayotgan uskunalar import asosida xarid qilinadi.

Uskunalar bo‘yicha tayyorlash ishlari boshlangan bo‘lib hozirda siquv kompressori stansiyasining bir nechta almashuvchi ichki qismlari, ZRA va KIPiA uskunalari, past kuchlanishli elektr uskunalari, suyultirilgan gazni saqlash sig‘imlari, separatorlar, laboratoriya jihozlari kabi uskunalar olib kelingan.

 “Muborakneftgazmontaj” MChJ bosh pudratchi sifatida qurilish ishlarini amalga oshirmoqda va joriy yilning sentabr oyiga qadar barcha ishlar yakunlanishi ma’lum qilindi, deya xabar beradi “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech