19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,5 °C

Bilasizmi?
28 Mart  2019 1313

Yevroparlament bir marta ishlatiladigan plastiklarni taqiqladi

2021-yildan boshlab Yevro Ittifoqda istalgan turdagi bir marta ishlatiladigan plastiklar, naychalar, idish-tovoq, va hatto, paxta o‘raladigan tayoqchalarga ham taqiq qo‘yiladi. Bu qarorni Yevroparlament 560 ovoz bilan ma’qulladi, qarshilar soni 35 kishi, deya xabar tarqatdi Reuters agentligi.

 

Ushbu taqiq ro‘yxatiga ko‘pirtirilgan polistiroldan yasalgan 10 ta nomdagi buyumlar kiritilgan (shu jumladan, bir marta ishlatiladigan idish-tovoq, paxta o‘raladigan plastik tayoqchalar va havo sharlari tayoqchalari ham), xullas, oksidlanib biologik buziladigan plastikdan yasalgan barcha mahsulotlar kiritildi.

Parlamentariylar tomonidan bunday qarorga kelinishiga Xitoyning mamlakat hududiga qayta ishlash uchun plastik chiqindilarni olib kirishni va okean suvlarining ifloslanishidan xavotir yuzasidan taqiqlashi turtki berdi. Ko‘pirtirilgan polistiroldan yasalgan idishlar hayoti Yevropa plyajlarida yakuniga yetmoqda.

Yevropa parlamenti qaroriga muvofiq YEI davlatlarining har biri, hozirda bunga ruxsat etilgan ovqat yoki ichimlik olib ketishga mo‘ljallangan konteynerlar va krujkalar kabi plastiklarni qisqartirish yo‘llarini mustaqil belgilaydi. Biroq yevropaliklarga 2019-yilgacha bunday buyumlarning 90 foizini qayta ishlash majburiyati yuklandi.

Tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar esa uning qoldiqlarini terish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashi lozim bo‘ladi. Hisob-kitoblarga qaraganda, okeanlarda eng ko‘p uchraydigan buyumlar orasida tamaki ikkinchi o‘rinda turar ekan.

Bugun Yevropada ishlab chiqarilayotgan jami plastik buyumlarning chorak qismigina qayta ishlanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech