07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Xalqaro hamkorlik
9 Mart  2020 579

Yevropa ittifoqi yordamida 300 ta kompaniyalar rivojini yangi bosqichga ko‘tarish

Savdo sanoat palatasida yevropa ittifoqining ko‘magida 3 million yevro qiymatidagi «Agro oziq-ovqat sanoatida resurs samaradorligi» yangi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha maslahatlar bo‘lib o‘tdi.

Loyiha Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida joylashgan agro-korxonalarni qamrab oladi, hamda mahalliy korxonalarga «yashil iqtisod»dga o‘tishda ko‘maklashishni maqsad qilgan.

Mazkur loyiha doirasida Savdo-sanoat palatasi to‘rt yil davomida Germaniya, Avstriya hamda Hindistonlik  ekspertlarni jalb etgan holda, ular  bilan birgalikda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan:

- kichik korxonalarning ehtiyojini baholash, hamda ularni resurs samaradorligini oshirishni joriy etish yo‘li bilan o‘z faoliyatini yaxshilash imkoniyatlari haqida xabardor etish;

- 300 ta kichik korxonaga o‘z resurs samaradorligin oshirishda amaliy yordam berish;

- resurs samadorligini oshirsh bo‘yicha 40 nafar mahalliy maslahatchilarni tayyorlash;

- mahalliy moliyaviy tashkilotlarga barqaror iste'mol va ishlab chiqarishga asoslangan yangi moliyalashtirish usullarni joriy etish bo‘yicha yordam ko‘rsatish;

- tejamkor ishlab chiqaruvchilarni mavjud agroklasterlarga birikishiga yordam berish va hokazolarda.

Mazkur loyiha konsorsium vakillari ishtirokida yevropa ittifoqi Komissiyasining «SWITCH Asia» dasturi doirasida amalga oshiriladi. Ushbu konsorsium Germaniya, Avstriya, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonning tashkilot va konsalting komapniyalaridan tarkib topgan, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech