07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,4 °C

Sport
12 Fevral  2020 2785

Xokkey afsonalari muzga chiqadi

17-fevralda «Humo Arena» muzida Afsonalar matchi bo‘lib o‘tadi va unda «O‘zbekistonning do‘stlari» jamoasi O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

«Humo» XK matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, «O‘zbekistonning do‘stlari» jamoasida - Valeriy Kamenskiy, Aleksey Jamnov, Vitaliy Proxorov, olimpiada chempioni, uch karra Jahon va Yevropa chempioni, Kanada Kubogi g‘olibi Sergey Shepelev, ikki karra olimpiada chempioni, Jahon va Yevropaning ko‘p karra chempioni Aleksey Kasatonov, Uch karra Oltin klubi a’zosi Vladimir Malaxovlar muzga chiqadi.

Jamoa murabbiyi - ikki karra olipiada chempioni, Jahon va Yevropaning ko‘p karra chempioni, mashhur «Yak-15» - Aleksandr Yakushev. Jamoa sardori - armiya generali, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi muovini Rashid Nurgaliyev.

O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi jamoasi safida - Shukur Karimovdan tashqari, yana bir Toshkentning «Binokor» klubi sobiq xokkeychisi, hozirda O‘XFning musobaqalar o‘tkazish bo‘yicha direktori Vladimir Storonkin, «Humo» xokkey klubi bosh menejeri, Latviya terma jamoasida to‘qqizta Jahon chempionati ishtirokchisi Normunds Seyeys, «Humo» murabbiylari Boris Tortunov va Oleg Mikulchik va boshqalar muzga chiqadi.

Suratda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xokkey afsonalari bilan uchrashuvi. 2019-yil, 15-mart.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech