09 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Mamlakatimizda
4 Iyun  2020 428

Rossiya-Qozogʻiston chegarasida yana 300 nafar fuqaromiz toʻplangan

Mamlakatimizning Rossiya va Qozogʻistondagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bergan maʼlumotga koʻra, Rossiya-Qozogʻiston chegarasi “Mashtakovo” nazorat-oʻtkazish punkti yaqinida 300 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari toʻplangan.

Mazkur masala mamlakatimizning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, Rossiya va Qozogʻistonning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Operativ shtab ushbu vaziyat toʻgʻrisida maʼlumotni har tomonlama koʻrib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yubordi. Maxsus komissiya qarori toʻgʻrisida alohida maʼlumot beriladi.

Faqat 25-maydan buyon Rossiyaning turli shaharlaridan 8 ta charter reysi tashkillashtirilgan. Hozirgi paytda Maxsus komissiya tomonidan Rossiyaning turli hududlaridan hamyurtlarimizni olib kelish uchun qoʻshimcha charter reyslarini amalga oshirish masalasi koʻrib chiqilmoqda, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Shu munosabat bilan TIV Rossiya hududida boʻlib turgan fuqarolarimizdan “Mashtakovo” nazorat-oʻtkazish punkti yoki boshqa Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegarasini kesib oʻtish punktlariga borishga urinmasliklarini, hozirda boʻlib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin choralariga qatʼiy rioya qilishlarini soʻraydi. Rossiyaning turli hududlaridagi shaharlariga charter reyslari tashkil qilish ustida ishlar davom etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech