23 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11 °C

Mamlakatimizda
17 Aprel  2019 361

Ertaga Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahridagi gaz ta'minoti tarmoqlarida ta'mirlash va sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan poytaxtimizdagi ayrim aholi hududlari va maishiy ob'ektlarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Demak, quyidagi hududlarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

18-aprel kuni soat 10:00dan 19:00gacha Yashnabod tumani “Ma'rifat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 30 ta yakka tartibdagi xonadonda;

18-aprel kuni soat 11:00dan 18:00gacha Sergeli tumani 5 A mavzesidagi 47 ta ko‘p qavatli uyda;

19-aprel kuni soat 9:00dan 20:00gacha Chilonzor tumanidagi “Do‘mbirobod”, “Katta Do‘mbirobod” va “Tirsakobod” mahallalari hamda Gavhar ko‘chasidagi xonadonlar va maishiy-kommunal ob'ektlarda gaz ta'minoti to‘xtatiladi. 

“Toshkent shahri bo‘yicha gaz ta'minoti hududiy filiali keltiriladigan noqulaylik uchun uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech