
Madaniyat
29
Iyul 2019
791
Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Haziniy uy-muzeyi tashkil etiladi
Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Haziniy uy-muzeyi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (630-son, 26.07.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.
Qaror bilan Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Uchko‘prik tumanida Haziniy uy-muzeyi Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida tashkil etildi.
Mazkur muzeylarga zamonaviy interfaol axborot-texnologiyalari joriy etiladi.