26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37,4 °C

Salomatlik
3 Aprel  2020 4720

Epidemiologik yo‘nalish ogohlik xaritasi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bugun bemorlarning epidemiologik marshruti bilan tanishish imkoni yaratildi.

Bu «COVID-19» bilan kasallanganlar mamlakatimizning qaysi hududlaridan, ular ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida davolanishni boshlashlaridan avval qaysi joylarda bo‘lishgan, ehtiyot choralarini ko‘rish uchun ular bilan muloqot ehtimolini qanday bilish mumkin?» — kabi svollarga javob topishda qo‘l keladi.

Ushbu savollarga javob berish maqsadida vazirlikning COVID-19 bo‘yicha rasmiy sayti (http://coronavirus.uz)da «Yagona integrator UZINFOCOM» MChJ hamkorligida yangi funksiya yaratildi. Bunda, birinchisi, saytda kasallik qaysi hududlarda tasdiqlanganini ifoda etuvchi xarita bilan tanishish mumkin.

Ikkinchisi esa, ushbu xarita ostida «Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlarning epidemiologik marshruti» tugmasini bossangiz bemorlarning shifoxonaga kelishlaridan avval qaerlarda bo‘lganliklarini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlarni olgach, ehtiyotkorlik yuzasidan bu hududlarga bormaslikka harakat qiling, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang! Shifokorlarga chin dildan yordam bermoqchi bo‘lsangiz, uyda qoling!

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech