06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,6 °C

Bilasizmi?
26 Fevral  2019 1904

Eng sog‘lom mamlakat nomi aniqlandi

«The Local»ning xabar qilishicha, Ispaniya eng sog‘lom mamlakat, deya rasman tan olindi.

 

«Bloomberg» tomonidan tuzilgan dunyo mamlakatlari indeksiga ko‘ra, 2017-yilda oltinchi o‘rinda turgan Ispaniya davlati 169 mamlakat orasida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Aytilishicha, reytingni tuzishda demografik va ekologik ko‘rsatkichlar baholangan.

Ispaniya Yevropa ittifoqi davlatlari orasida uzoq umr ko‘rish ko‘rsatkichlari eng yuqori davlat hisoblanadi va 2040-yilga borib, Yaponiyani ham ortda qoldirishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, mamlakatning zaytun moyi va yong‘oqlarni o‘z ichiga oladigan O‘rtayer dengizi parhezi jiddiy yurak qon-tomir kasalliklarining kamayishiga olib kelgan.

Shuningdek, Ispaniya milliy sog‘liqni saqlash xizmati dunyodagi eng yaxshisi sifatida tan olingan.

Reytingning dastlabki o‘ntaligiga yana to‘rt Yevropa davlati kirgan: Islandiya (uchinchi), Shveytsariya (beshinchi) va Norvegiya (to‘qqizinchi).

Sal ilgariroq shotlandiyalik olimlar qanaqa genlar bilan inson uzoq umr ko‘rishi mumkinligini aniqlashgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech