24 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,4 °C

Harbiy
21 Yanvar  2020 2355

«Eng ilg‘or mutaxassis» aniqlanmoqda

G‘urumsaroy dala o‘quv markazida Mudofaa vazirligi aralash tarkibdagi harbiy qismlarning muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida «Eng ilg‘or mutaxassis» tanlovining respublika bosqichiga start berildi.

Ushbu tanlovda harbiy xizmatchilar 6 ta yo‘nalish hamda o‘zlarining kasbiy mahoratlari bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.

«Men g‘olib» shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqaning ochilish marosimida barcha harbiy okruglardan kelgan harbiy xizmatchilar, Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlari, Namangan viloyati Pop tumani o‘quvchi yoshlar va jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Marosimda Sharqiy harbiy okrugda muddatli harbiy xizmat burchini o‘tayotgan askarlar tomonidan qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

«Eng ilg‘or mutaxassis» tanlovi 24-yanvar kuniga qadar davom etadi, deya xabar beradi Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech