25 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,7 °C

Harbiy
23 Yanvar  2020 506

“Eng ilg‘or mutaxassis” tanlovida kuchlilar g‘alaba qozonadi

«Forish» dala o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi aralash tarkibdagi harbiy qismlarning muddatli harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Eng ilg‘or mutaxassis” tanlovining navbatdagi bosqichi ishtirokchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatlarini ishga solib, o‘zaro bellashmoqda, deya xabar beradi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Tanlovda harbiy xizmatchilar bir nechta yo‘nalish bo‘yicha o‘tgan vaqt davomida to‘plagan bilim va ko‘nikmalarini amalda sinovdan o‘tkazmoqda. Dastlab, yurt o‘g‘lonlari 3 ming metr hamda 100 mertga yugurish, turnikda tortinish bo‘yicha me’yorlarni topshirdilar.

Keyingi bosqichda harbiy xizmatchilarga o‘ta mas'uliyatli hamda murakkab topshiriq yuklatildi. Musoboqa ishtirokchilari 400 metr masofadan iborat turli to‘siqlardan o‘tish va xavfsiz yo‘lak ochish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Musobaqa 24-yanvarga qadar davom etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech