01 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,6 °C

Energetika
12 Mart  2020 909

Energetiklar va «Enpetrol» hamkorligi nima beradi?

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida «Enpetrol Enerji» xalqaro kompaniyasi vakillari qabul qilindi.

Joriy yil 10-martida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida «Enpetrol Enerji» xalqaro kompaniyasi raisi Erjan Engin rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida mehmonlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan energetika, neft-gaz va kimyo sohasidagi istiqbolli loyihalar bilan, jumladan xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi generatsiya qilinuvchi quvvatlarni barpo etish bo‘yicha tayyorgarlik  bosqichidagi  loyihalar tanishtirildi.

O‘zbekistonning energetika tarmog‘ini isloh qilish jarayoni salohiyatli investorlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

«Enpetrol Enerji» – bu xalqaro injiniring, ishlab chiqarish va qurilish kompaniyasi bo‘lib, u energetika, neft-gaz, neft va neft-kimyo sanoati sohasidagi loyihalarga, shuningdek sanoat ob’ektlari qurilishiga ixtisoslashgan.

Muzokaralar natijasi bo‘yicha tomonlar amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini batafsil o‘rganib chiqish uchun «Enpetrol Enerji» kompaniyasiga zarur ma’lumotlarni taqdim etishga kelishdi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech