02 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,5 °C

Energetika
12 Fevral  2020 1926

 Energetikani rivojlantirishning yangi bosqichi

2020-yil 11-fevral kuni Poytaxtimizning «Wyndham» mehmonxonasida «Uzenergoengineering – Assystem» O‘zbekiston – Fransiya qo‘shma korxonasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda barcha turdagi elektr tarmoqlari va energiya ob’ektlarini loyihalashtiradigan mazkur qo‘shma korxona O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, «O‘zenergoinjiniring» aksiyadorlik kompaniyasi, hamda Fransiyaning «Assystem Engineering and Operation Services S.A.S» kompaniyasi birgalikda tashkil etilgan.

Qo‘shma korxonani tashkil etish to‘g‘risidagi bitim 2019-yil

24-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Assistem vakillari bilan uchrashuvda imzolangan. 2019-yil 17-oktyabrda «Uzenergoengineering – Assystem» MChJ QK ro‘yxatiga olingan.

Assystem tomonidan yangi qo‘shma korxonaga kiritilgan sarmoyalar bir qator vazifalarga qaratilgan, shu jumladan:

- O‘zbekistonda va undan tashqarida elektr energiyasini uzatish va taqsimlash loyihalari;

- infratuzilma ishlari, shu jumladan elektr va atom energiyasini ishlab chiqarish;

- O‘zbekistondagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan boshqa faoliyat turlari, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech