22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,3 °C

Mamlakatimizda
5 Fevral  2019 1997

Energetika vazirligi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi hamda Energetika vazirligi tashkil etildi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Vazirlikning asosiy vazifasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hisoblanadi.

Quyidagilar vazirlik tarkibiga o‘tkazildi:

  • Atom energetikasini rivojlantirish agentligi;
  • Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;
  • Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi.

“Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tugatildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech