26 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,4 °C

Salomatlik
20 Aprel  2019 697

Endokrinologiya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish milliy dasturi tasdiqlandi

2019-2021-yillarda Respublika aholisiga endokrinologiya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4295, 19.04.2019).

Qaror bilan 2019-2021-yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish milliy dasturi tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Viloyatlar endokrinologiya dispanserlari va filiallarida endokrin xirurgiya, diabetik to‘piq, diabetik nefropatiya va reanimatsiya bo‘limlari tashkil etiladi.

Endokrin patologiyali bemorlarning elektron ma'lumotlar bazasi ishlab chiqiladi.

Qandli diabetning I turi bilan kasallangan bolalar va o‘smirlar uchun analogli insulinlar va o‘zini o‘zi nazorat qilish vositalari markazlashgan tarzda xarid qilinadi va barcha viloyat endokrinologiya dispanserlari orqali tarqatiladi.

Endilikda aholi kaliy yodid preparatlari bilan uzluksiz ta'minlanadi.

2019-yil 1-avgustgacha birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining shtatlar normativlari qo‘shimcha endokrinolog, bolalar endokrinologi lavozimlari bilan to‘ldiriladi.

Milliy dasturni amalga oshirish uchun qariyb 197 mlrd so‘m va 7 mln 840 ming AQSh dollar mablag‘ ajratiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech