21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Mamlakatimizda
19 Sentyabr  2019 703

Endilikda ipoteka krediti 60 yoshgacha beriladi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (784-son, 18.09.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Endilikda, yakka tartibda va qishloq joylarda namunaviy qurilgan arzon uy-joylar uchun ipoteka kreditlari 2 yillik (2020-yil 1-yanvardan 1 yillik) imtiyozli davr bilan 20 yil (hozirgacha 6 oylik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha) muddatga beriladi.

Shuningdek, o‘lchami 0,02 ga bo‘lgan yerda joylashgan bir qavatli 3 xonali arzon uylar va 4 qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar arzon uy-joy hisoblanadi.

Ipoteka krediti miqdori arzon uy-joy qiymatining 90 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Bundan tashqari, ipoteka krediti 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi (hozirga qadar bunday kredit olish uchun yuqori yosh chegarasi belgilanmagan).

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech