16 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Mamlakatimizda
11 Mart  2019 1013

Endi yuridik shaxslar o‘z tovarini yuridik shaxslarga va YaTTlarga naqd pulda sotishi mumkin

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi (201-son, 08.03.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

 

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, yuridik shaxslarga o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni boshqa yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga naqd pulda sotishiga ruxsat berildi. Ilgari hisob-kitoblar faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin edi.

Bunda, naqd pul vositasidagi hisob-kitoblar bitta shartnoma doirasida eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha (20 mln 273 ming so‘mgacha) miqdorda hamda nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim.

Shu bilan birga, yuqorida ko‘rsatilgan summa doirasida endilikda tovarlarni ulgurji sotish naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklida, shu jumladan plastik kartochkalar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Ilgari tovarlarning ulgurji savdosi faqat naqd pulsiz hisob-kitob asosida amalga oshirilishi lozim edi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra chakana savdo korxonalari tovarlarni naqd pulsiz sotishi mumkin, lekin bunda naqd pulsiz hisob-kitoblar korxonaning oylik tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizi doirasida amalga oshirilishi lozim edi.

O‘zgartirishlarga asosan, tovarlarni naqd pulsiz sotishda chakana savdo korxonalari uchun belgilangan mazkur cheklov bekor qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech