20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Bilasizmi?
1 Fevral  2019 1571

Endi yaroqsiz plastik idishlardan aerogel olish mumkin

Dunyodagi ko‘plab ilmiy jamoalar, olimlar, muhandislar jahonda ishlab chiqarilayotgan katta miqdordagi plastiklarni qayta ishlashning yuqori samarali usulini yaratish ustida ish olib borishmoqda. Bu muammo sayyoraning katta qismidagi aksariyat aholining ekologik mas'uliyati sustligi sabab tobora jiddiy tus olmoqda. Chiqindilarni yig‘ish va ularni qayta ishlagandan ko‘ra uglevodorod xomashyodan PET-materiallarning yangi ko‘rinishini hosil qilish ancha oson.

Afsuski, ekolog va faollarning barcha sa'y-harakatlariga qaramay, hosil bo‘layotgan plastik chiqindilarning miqdori yil sayin tobora ortib boryapti. Qayta ishlanayotgan plastiklarning ko‘rsatkichi esa qoniqarli darajada emas.

Singapurlik olimlar bu muammoga ajoyib yechimni taklif etishmoqda. U yaroqsiz plastik idishlardan aerogel olish imkonini beradi.

Singapur Milliy universiteti mutaxassislari foydalanilgan PET-idishlardan arzon va keng tarqalgan kremniy dioksidi yordamida aerogel ishlab chiqarishni taklif etishmoqda. Bu material bilan plastik idishlardan olinadigan polietilentereftalat tolalariga ishlov berilgach, PET-aerogel nomli yangi material hosil qilinadi. Aerogelning bu turini turli kimyoviy moddalar bilan to‘ldirish va materialning yangi xususiyatlarini hosil qilish mumkin. Olimlar yangi mahsulot yong‘inga chidamli, zaharli gazlardan himoya qiluvchi maxsus kiyimlar, niqoblar, neftdan to‘kilgan yog‘simon dog‘larni o‘ziga singdiruvchi material kabi  boshqa narsalarni ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonishmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech