09 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,2 °C

Transport
27 Fevral  2020 628

Endi xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarning yurtimizga importi kamayadi

O‘zbekistonda 2020-yilda avtomobil import qilish hajmi keskin qisqardi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.

2020-yilning yanvar oyida O‘zbekistonga import qilingan avtomobillarning qiymati 25,5 million dollarni tashkil qilgan. Bu 2019-yil yanvar oyidagiga qaraganda 28,4 million dollarga kamroqni tashkil qiladi.

Nashrning yozishicha, bunday keskin qisqarishga 2019-yilda narxi 40 ming dollardan ortiq bo‘lgan avtomobillar importi uchun imtiyozlar amalda bo‘lgani va 2020-yilning 1-yanvaridan mazkur imtiyozlarning bekor qilingani sabab bo‘lgan.

Avvalroq “O‘zavtosanoat” ichki bozorda BMW va Toyota bilan raqobat qilmoqchi ekanligini bildirgan, chunki 2019-yilda mazkur kompaniyalarning premium sinfidagi avtomobillari importi anchagina o‘sgan. Aynan ana shu segmentdagi BMW avtomobillari importi o‘tgan yilda 2018-yilga nisbatan 400 marta ortgan, Toyota’da esa o‘sish 200 martani tashkil qilgan.

Shuningdek, “O‘zavtosanoat” xorijiy avtomobillarga nisbatan imtiyozlarning bekor qilinishiga aloqador emasligini bildirgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech