17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,3 °C

Kеyingi avlod
15 Mart  2019 1454

“Endi maktabda o‘qimaganga ham attestat beriladi” maqolasi bo‘yicha XTV izoh berdi

Xabaringiz bo‘lsa, bir necha ommaviy axborot vositalarida “Endi maktabda o‘qimaganga ham attestat beriladi” mavzusida maqolalar e'lon qilingan edi. Mazkur maqolalar bo‘yicha Xalq ta'limi vazirligi izoh berib o‘tdi.

 

“O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida umumiy o‘rta ta'limning majburiy ekanligi belgilangan. Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 1-sinfiga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi va umumiy o‘rta ta'limning majburiy ekanligi inobatga olib maktablarga o‘quvchilar 18 yoshgacha jalb etiladi.

Shu bilan birga, o‘quvchilarning bilim olish huquqini ta'minlash va ta'limning keyingi bosqichini davom ettirishiga imkoniyat yaratish maqsadida voyaga yetib, maktab yoshidan oshgan, turli sabablarga ko‘ra maktabni yakunlay olmagan yoki majburiy ta'limga jalb etilmay qolgan 18 yoshga to‘lgan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarni topshirish huquqi beriladi. Yakuniy attestatsiyalarni muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolargagina belgilangan tartibda ma'lumot to‘g‘risida hujjat (shahodatnoma) beriladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Shu o‘rinda Xalq ta'limi vazirligi keng jamoatchilikka umumiy o‘rta ta'limning majburiyligini yana bir bor eslatib o‘tadi. OAV vakillarini noto‘g‘ri ma'lumotlarni chop etmaslikka chaqiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech