19 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Energetika
4 Aprel  2019 1329

Elektr ta’minotida yana bir asossiz qarzdorlik

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga Xorazm viloyati Hazorasp tumanida yashovchi fuqaro K.Sultanovadan murojaat kelib tushgan.

 

Murojaatda ma’lum qilinishicha, uning xonadoniga tuman elektr ta’minoti korxonasi sobiq xodimlari I.Jumaniyazov va U.Sapayevlar tomonidan asossiz ravishda 23 241 880 so‘m qarzdorlik dalolatnomaga asosan hisoblangan, deb xabar bermoqda federatsiya matbuot xizmati.

Mazkur murojaat tuman jamiyati mutaxassislari va tuman elektr ta’minoti korxonasi ishtirokida o‘rganib chiqilib, to‘plagan ma’lumotlar asosida sudga da’vo arizasi kiritilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Hozarasp tumani sudi da’vo ishini atroflicha o‘rganib chiqib, iste’molchi K.Sultanovaning xonadoniga nisbatan dalolatnomaga asosan 23 241 880 so‘m qarzdorlik g‘ayriqonuniy deb topilgan. Javobgar tuman elekt ta’minoti korxonasidan davlat foydasiga 405 460  so‘m davlat boji o‘ndiriladigan bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech