05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24 °C

Energetika
2 Mart  2020 1294

Elektr hisoblagichlarni qiyoslash soddalashtiriladi

2020-yil 28-fevralda Hukumatning 111-sonli «Tadbirkorlik sub’ektlarini elektr tarmoqlariga ulash tartibini soddalashtirish va biznes muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori  qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-martdan boshlab:

- elektr energiyasining barcha iste’molchilariga elektr hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarga murojaat qilish huquqi berildi;

- ushbu tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilinganda, qiyoslashdan o‘tkazish xarajatlari mazkur tashkilotlarning hisobidan qoplanadi.

Qarorga ko‘ra, elektr hisoblagichlar DXMlar orqali faqat hisoblagichning sozligi yoki qo‘llashga yaroqliligi, metrologik tasniflari bo‘yicha munozarali savollar tug‘ilganda qiyoslashdan o‘tkaziladi.

Shuningdek, 2020-yilda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning hududiy tashkilotlari tarkibida temir-beton tayanchlari, metall va beton mahsulotlarini ishlab chiqarish sexlari va qurilish bo‘linmalari tashkil etiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech