22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,1 °C

Energetika
16 Avgust  2019 317

Nima uchun elektr energiya bo‘yicha «tungi» va «kunduzgi» tariflarni joriy etish mumkin emas?

Nima sababdan hozircha elektr energiya iste'moli bo‘yicha turli tariflarni joriy qilish, kechki payt ularni arzonlashtirish mumkin emas, degan savolga Energetika vazirligi javob berdi.  

​O‘rnatilayotgan yangi elektr energiya hisoblagichlar ko‘p tarifli tizimga ega. Jumladan, ularni kun vaqtiga qarab, elektr energiyasi hisobini yuritish uchun ishlatilishi mumkin. 

​Ammo hozircha bu tizim O‘zbekistonda joriy qilinmagan. Negaki, mazkur bosqichda “tungi” va “kunduzgi” tariflarni joriy etish yo‘lida jiddiy bir muammo bor. Bu esa elektr energiyaning yetkazib berilishi bilan bog‘liqdir. Agar biz iste'molchiga arzonroq energiyani iste'mol qilishni tanlash imkoniyatini berganimizda, ushbu tanlovni 24 soatlik yetkazib berish bilan mustahkamlashimiz kerak bo‘ladi.

​Hozirgi paytda biz iste'molchiga “qimmat” va “arzon” elektr energiyani yetkazib bera olmaymiz. Chunki ushbu elektr energiyani yetkazib berishda uchraydigan muammolar tufayli biz iste'molchilarni “qimmat” energiyani xarid qilishga majburlaymiz. Yaqin kelajakda esa elektr energiya narxlarini uni iste'mol qilish hajmiga ko‘ra differensiya qilish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Bu umumjahon amaliyoti – uchta tarif joriy qilinadi – bazaviy, pasaytirilgan va yuqori. Bu hisob-kitob tizimini birmuncha murakkablashtiradi, ammo shu bilan birga, iste'molchilarga nisbatan eng adolatli qaror bo‘ladi, deyiladi vazirlik ma'lumotida. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech