06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,2 °C

Ta'lim
20 May  2020 464

Imtihonlar bekor qilindi

Bu oʻquv yili maktablarda yakuniy imtihonlar bekor qilindi.

Prezidentimiz tomonidan karantin vaqtida aholiga imkon boricha qoʻshimcha qulaylik yaratish boʻyicha belgilangan vazifani amalga oshirish hamda koʻpchilik ota-onalarning iltimoslari inobatga olinib, bu oʻquv yili yakunidagi imtihonlar bekor qilinadi. Bu haqda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov oʻz Telegram-kanalida maʼlum qilgan.

Maktablarga oʻquvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida joriy oʻquv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etiladi.

Shu bilan birgalikda kundalik.com tizimi joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirishqoqlik bilan oʻqigan oʻquvchilarga ragʻbatlantirish sifatida 4-chorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblashda inobatga olish tavsiya etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech