27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,5 °C

Sport
27 May  2019 500

Ektor Kuper Turkiya, KXDR va Suriyaga qarshi o‘yinlar uchun milliy terma jamoa tarkibini e’lon qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28-may – 12-iyun kunlari navbatdagi yig‘inni o‘tkazadi. Mazkur yig‘in doirasida terma jamoamiz a’zolari uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishadi. 2-iyun kuni safarda Turkiya bilan, 7 va 11-iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya bilan kuch sinashadi.

Ektor Kuper mazkur o‘yinlarga milliy terma jamoa tarkibiga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati. Ro‘yxatdan quyidagi 25 nafar futbolchi joy olgan:

Darvozabonlar:

Quvvatov Sanjar («Paxtakor») 

Ilyosov Javohir («Lokomotiv») 

Suyunov Eldor («Paxtakor») 

Ergashev Botirali («Dinamo») 

Himoyachilar:

Krimets yegor («Paxtakor») 

Ismoilov Anzur («Lokomotiv») 

Tursunov Dostonbek (“Renofa Yamaguchi”, Yaponiya)  

To‘xtaxo‘jayev Islom («Lokomotiv») 

Zoteev Oleg («Lokomotiv») 

Sayfiev Farrux («Paxtakor»)

Komilov  Akromjon («Paxtakor») 

Hoshimov Davron (“Lokomotiv” )

Alijonov Hojiakbar («Paxtakor») 

Yarim himoyachilar:

Hamrobekov Odiljon («Paxtakor») 

Ahmedov Odil («Shanxay SIPG», Xitoy)

Musayev Fozil (“Jubilo Ivata” Yaponiya)

Aliboyev Ikrom («Seul», Janubiy Koreya)

Urunov Oston («Navbahor») 

Masharipov Jaloliddin («Paxtakor») 

Ibragimov Doston («Buxoro»)

Ro‘ziev Quvondiq  («Qo‘qon-1912»)

Mirzaev Sardor  («Lokomotiv»)

Hujumchilar:

Shomurodov Eldor («Rostov», Rossiya)

Sergeev Igor («Paxtakor») 

Abduxoliqov Temurxo‘ja («Lokomotiv»)
Legionerlardan Doston Tursunov va Ikrom Aliboev Turkiyaga qarshi o‘yinda ishtirok eta olishmaydi. Ular o‘z klublari tarkibida milliy chempionat o‘yinlarni o‘tkazib, 3 iyun kuni O‘zbekistonga yetib kelishadi. Keyin terma jamoa bilan birgalikda KXDR va Suriyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishadi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech