16 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Sport
1 Iyun  2019 446

Ektor Kuper: Agar tartibli o‘yin namoyish etsak – g‘alaba qozonishimiz mumkin, albatta

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bugun mazkur bahs oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda bosh jamoamiz ustoziga Temurxo‘ja Abduxoliqov hamroxlik qildi, deb xabar bermoqda O'FA matbuot xizmati. 

– Tez orada Jahon chempionati saralash bahslari start oladi. Bu orada yangi futbolchilarni chaqirish, ularga imkoniyat berishga harakat qilyapmiz. Ayni damda boshqa chiziqlar bilan bir qatorda himoyada ham yangilar bor – Akromjon Komilov hamda Hojiakbar Alijonov.

Ertangi bahsdagi raqib – Turkiya terma jamoasi haqida iliq firklarni bildira olaman. Ularning oxirgi o‘yinlarini kuzatdim va bu terma jamoa menda juda yaxshi taassurot qoldirdi.

O‘rtoqlik uchrashuvida eng muhimi g‘alaba qozonish emas. Barcha chiziqlarni ko‘rib olish – asosiy maqsad. Lekin baribir ishqibozlar o‘z sevimli jamoasidan chiroyli o‘yin va gollar kutadi.

Ertangi raqib jiddiy. G‘alaba qozonish oson bo‘lmasligi tabiiy. Lekin biz maydonga g‘alaba uchun chiqib, bor mahoratimizni ishga solishga urinamiz. Agar tartibli o‘yin namoyish etsak va butun diqqat-e'tiborni bir maqsadga jamlagan holda to‘p sursak – g‘alaba qozonishimiz mumkin, albatta.

Hujum chizig‘ida raqobat hozir oldingindan ortdi, hozir bizda oldingidan yaxshi hujumchilar bor, ilgari tarkibimizda u qadar yaxshi saviyadagi hujumchilar yo‘q edi, deb o‘ylamayman. Shunchaki, ba'zi o‘yinchilar oldin yaxshi sport formasida edi, hozir boshqalari shunday vaziyatda. Biz uchun muhimi – nomzod futbolchilar hamisha yaxshi formada bo‘lishsin va maydonda o‘z mahoratini namoyish etishsin, – dedi bosh murabbiy.
Temurxo‘ja Abduxoliqov:

– Ertaga bizni Turkiya terma jamoasiga qarshi juda qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Shaxsan, men uchun bunday terma jamoaga qarshi o‘ynash juda ham qiziq.

Terma jamoamizda sog‘lom raqobat mavjud. Ayniqsa, hujum chizig‘ida ham mana oxirgi paytlarda nomzod futbolchilar soni ortib, raqobat paydo bo‘ldi. Bu futbolchilar uchun ham, terma jamoamiz uchun ham foydali, deb o‘ylayman. 

Ertaga qiziq o‘yin bo‘ladi. Biz ham uchrashuvga yaxshi hozirlik ko‘rdik. Ertaga butun O‘zbekiston xalqini xushnud etishga harakat qilamiz, – dedi futbolchi.  

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech