22 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,5 °C

Biznes
26 Iyun  2020 922

Eksportchilar uchun muhim “Yoʻl xaritasi”

Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi oʻzbekistonlik eksportchilarga koʻmak berishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqdi.

Oʻzbekistondan Rossiyaga eksport qilinayotgan mahsulotlarni oʻz vaqtida yetkazib berish va ularni saqlash bilan bogʻliq masalalarga koʻmak berish maqsadida mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Unga koʻra, Bosh konsulxona Sverdlovsk viloyatidagi yirik vaqtinchalik saqlash omborxonasi — “Ci Ay Ti” bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni Ural federal okrugiga eksport qiluvchilar uchun yengillik yaratish maqsadida “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqdi.

Mazkur hujjat Rossiya qishloq xoʻjaligi nazorati boshqarmasi (Rosselxoznadzor), Ural bojxona qoʻmitasi hamda “Sverdlovskiy referentnыy sentr Rosselxoznadzora” federal davlat byudjet boshqarmasi tomonidan ham maʼqullandi.

“Yoʻl xaritasi”da mamlakatimiz eksportchilari va yuk tashuvchilarining Ural federal okrugida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi bosqichma-bosqich koʻrsatib berilgan.

Bosh konsulxona vakillarining Rossiya rasmiylari va tadbirkorlari bilan oʻtkazgan muloqotida ayrim hollarda eksportchilar tomonidan hujjatlarni yigʻishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotgani qayd etilgan.

Ushbu “Yoʻl xaritasi”da esa eksportchilar uchun zarur barcha maʼlumotlar batafsil keltirilgan.

Meva va sabzavotlarni yetkazib berish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” har bir eksport jarayoni ishtirokchisi va xalqaro yuk tashuvchiga yordam beradi.

Shuningdek, xabarda qoʻshimcha maʼlumotlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Yekaterinburgdagi manbalarga +7 (922) 135-55-55, +7 (343) 273-31-66, +7 (343) 262-31-33 telefon raqamlari, hamda Veb-sayt: yekaterinburg.mfa.uz. WhatsApp va Telegram: +7 (965)519-42-22 manzillar orqali murojaat qilish mumkinligi koʻrsatilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech