22 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,5 °C

Biznes
17 Iyun  2020 1158

Gilos eksporti ikki baravarga koʻpaydi

2020-yil 1-iyun holatiga 11 ta mamlakat bozorida 48 million dollarga umumiy hajmda 23,5 ming tonna gilos sotilgan.

Bugungi pandemiya sharoitida bu yaxshi koʻrsatkich. Ushbu mamlakatlar orasida Qozogʻiston 12,4 ming tonna xarid qilib, eng yuqori oʻrinni egalladi. Ular orasida Rossiya — 6,7 ming tonna, Qirgʻiziston esa 4,1 ming tonna xarid qilgan.

Soʻngi yillarda Koreya Respublikasi hamda Tailandga ham Oʻzbekiston gilosining eksporti amalga oshirilyapti, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi statistika davlat qoʻmitasi.

Joriy il 1-iyun holatiga Koreya Respublikasida 51,8 tonna gilos mahsuloti 206,8 ming dollarga sotilgan.

Yuqorida qayd etilgan raqamlar yana-da koʻpayishi mumkin. Chunki chet ellarga ushbu turdagi meva eksporti davom etyapti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech