12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,5 °C

Yashil sayyora
28 May  2019 1354

Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan (434-son, 27.05.2019 y.)  Ekologik ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Konsepsiyaning maqsadi yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish, ekologiya sohasidagi ilm-fanni innovatsion texnologiyalarni jalb qilgan holda takomillashtirishdan iborat.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida “Ekolog bolajon” dasturi joriy etiladi va “Ekologik yo‘lakchalar” tashkil etiladi.

Shuningdek, “Ona tabiat” mavzusida ochiq havoda tanishtiruv soatlari o‘tkaziladi.

Maktablarda “Eng yaxshi ekologik toza maktab”, “Eng yaxshi ekolog o‘quvchi” ko‘rik tanlovlari o‘tkaziladi.

Litseylar va kollejlar o‘quvchilari o‘rtasida “Ekologiya bilimdoni” musobaqasi tashkil etiladi.

Oliy ta'lim muassasalari, talabalar turar joylarida “Eko-klublar” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2019-yil dekabrgacha ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga oid zarur materiallar va boshqa ma'lumotlar berishga mo‘ljallangan “ekologiya.uz” sayti ishga tushiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech