28 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,4 °C

Xavfsizlik
9 Dekabr  2019 476

Ehtiyot bo‘ling, SMS orqali pul so‘rovchi firibgarlar paydo bo‘lgan

So‘nggi vaqtlarda fuqarolarimizga quyidagi mazmundagi SMS-xabarlar kelmoqda: “Assalomu alaykum. Men onamni janozalariga borayotganimda yo‘lda mashinam buzilib, Qamchiq dovonida qolib ketdim. Menga sizning yordamingiz kerak. Telefonimga ozroq pul tashlab yuboring”.

Odatda 25 ming so‘m, ba'zida esa kattaroq mablag‘ so‘rashadi. Ya'ni, muammo pulda emas. Yordam qo‘lini cho‘zgan insonlar keyinchalik bilishlaricha, ulardan yordam so‘ragan odam umuman notanish kimsa bo‘lgan. Oddiyroq qilib izohlaganda, bu fuqarolarni aldash yo‘llaridan biridir.

Achinarlisi shundaki, insonlarning muruvvatidan foydalangan kimsalar sababli, bir marta aldangan fuqarolar keyinchalik birovga yordam qo‘lini cho‘zishdan qo‘rqib qoladi.

Hurmatli fuqarolar! Bu kabi holatlarda notanish kishiga yordam berish yoki bermaslikni o‘zingiz hal qilasiz. Ammo aldanib qolmaslik uchun baribir ehtiyotkor bo‘lishingiz zarur, deb xabar qiladi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech