20 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,7 °C

Mamlakatimizda
24 Mart  2019 541

Egasiz jo‘natilgan jo‘natmalarning egasi topildi

Fuqarolar tomonidan go‘yoki shaxsiy foydalanish degan niqob ostida aslida esa tijorat maqsadi uchun ko‘zlangan tovarlarni qonunga xilof ravishda pochta jo‘natmalarida bojxona chegaralari orqali olib o‘tish holatlari uchrab turibdi.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari ana shunday urinishlardan birini fosh qilishdi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi.

Turkiyadan yuborilgan 14 ta pochta jo‘natmalarini qarangki, ularda nomi qayd qilingan shaxslar hadeganda, olib ketishga kelaverishmaydi. Mazkur jo‘natmalardagi ma'lumotlarni tahlil qilish davomida bojxonachilar ayrim shubhali jihatlarga ham duch kelishdi.

Ma'lum bo‘lishicha, pochta jo‘natmalarida ismi-sharifi qayd etilgan 14 nafar shaxslar aslida real hayotda umuman yo‘q bo‘lib, soxta “ishbilarmon”larning “badiiy to‘qimasi” ekanligi aniqlandi.

Aslida mazkur pochta jo‘natmalarining asl egasi kurerlik firmasining vakili fuqaro R.I. bo‘lib chiqdi. Shu tariqa u salkam 480 dona kiyim-kechaklar hamda 6 ming metr uzunlikdagi 40 to‘p matolarni shaxsiy foydalanish uchun niqobi ostida olib kirishga uringan ekan. Rejasi amalga oshmagan R.I. jo‘natmalar o‘ziga tegishli ekanligi, bojxona to‘lovidan qochish maqsadida ushbu tovarlarni to‘qima ismi shariflar bilan bojxona deklaratsiyasi asosida yuborganligini ma'lum qildi.

Mazkur tovarlarning umumiy qiymati 68,4 million so‘mdan oshar ekan.

Yana bir shunday holatda xorijdan kelgan 12 ta kurerlik jo‘natmalarining barchasida ratsiya qurilmalari yuborilganligi bojxonachilarning diqqatini tortdi. Xorijdan yuborilgan 70 dona mazkur qurilmalar 12 nafar fuqarolar nomiga yuborilgan bo‘lib, ular o‘zaro suhbat davomida jo‘natmalarda yuborilgan boshqa tovarlar o‘zlariga tegishli ekanligini tasdiqlab, ammo ratsiyalarni kim va nima maqsadda yuborganligini bilishmasligini ma'lum qilishgan.

Ko‘rinib turibdi-ki, ularni qabul qiluvchi aslida bitta shaxs bo‘lib, bojxona xodimlarini chalg‘itish maqsadida turli shaxslardan foydalangan. Shu tariqa qonunbuzarlar pochta jo‘natmalari orqali qiymati 35 million so‘mlik ratsiyalarni olib kirishga urinishgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech