06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Moliya
15 Aprel  2020 826

Bankomatlardan unumli foydalaning

Hozirgi kunda mamlakatimiz bo‘ylab 5 400 dan ortiq bankomatlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular bir qator vazifalarni bajaradi:

- Cash-out bankomatlari. Milliy va xorijiy valyutadagi bank kartangizdan naqd pullarni yechish imkoniyatini beruvchi bankomatlar. Bunday bankomatlardan foydalanishda bankomatning yuqori qismida joylashtirilgan to‘lov tizimlari turlari (Uzcard, Humo, Visa, Mastercard va boshqalar)ning logotiplariga e'tibor qarating.

- Cash-in/Cash-out bankomatlari. Bunday bankomatlar orqali bank kartangizdan naqd pulni yechish bilan bir qatorda, kartangizga naqd pullaringizni kirim qilishingiz mumkin. Respublikamizda jami 1 000 taga yaqin cash-in/cash-out bankomatlari hududlarda o‘rnatilgan. Aksariyat sash-in/sash-out bankomatlari, avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash vazifalarini bajarib, chet el valyutasini qabul qiladi va uni bankning o‘rnatilgan kursi bo‘yicha milliy valyutaga almashtirib beradi. Hozirda 700 taga yaqin valyuta ayirboshlash bankomatlari kunu-tun ishlashi tashkillashtirilgan.

- ADM (Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi). Bunday uskunalardan ham jismoniy, ham yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin. Ularning asosiy vazifasi naqd pullarni bank hisobvaraqlari va kartalariga qabul qilishdan iborat.

Tijorat banklari tomonidan bankomatlarning yetarlicha pul mablag‘lari bilan to‘ldirib turilishi ustidan Markaziy bank tomonidan tizimli nazorat o‘rnatilgan.

O‘zingizga eng yaqin bo‘lgan, 24/7 rejimida ishlaydigan bankomatlarni joylashgan manzillarini Yandeks map (https://yandex.uz/maps/10335/tashkent/category/atm/?ll=69.279737%2C41.311151&sll=69.279737%2C41.311151&z=12)????Humo veb-sayti (http://bit.ly/2JiRSaF);

  • Uzcard veb-sayti (https://uzcard.uz/geolocation/)
  • Markaziy bank veb-sayti

 (https://cbu.uz/oz/press_center/news/134804/?sphrase_id=1298) orqali topishingiz mumkin.

Tez kunlarda tijorat banklari tomonidan bankomatlar orqali yangi xizmat turlarini, jumladan, xalqaro pul o‘tkazmalari, kommunal va boshqa bir qator to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, bankomatlardan foydalanish va naqd pullar bilan muomalada bo‘lish mobaynida gigiena qoidalariga rioya eting. Imkon qadar bankning masofaviy xizmatlaridan foydalaning, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech