03 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,4 °C

Dolzarb
13 Iyul  2020 353

Dunyoda 3 000 dan ortiq tibbiyot xodimi vafot etgan

CNN axborot manbasining tarqatgan xabariga koʻra, dunyo miqyosida koronavirusdan 3 000 dan ortiq tibbiyot xodimi vafot etgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus kasalligining kunlik tasdiqlanish holati yana rekord darajaga oshganini maʼlum qildi — kuniga 230 mingdan ziyod. Avvalgi global rekord juma kuni qayd etilgan edi, deb xabar beradi Guardian.

JSST maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻistonda nomaʼlum pnevmoniya avj olmoqda, u koronavirus boʻlishi mumkin, deb xabar beradi DW. Xususan, 13-iyul kuni mamlakatda koronavirus pandemiyasi qurboniga aylangan fuqarolar xotirasiga umummilliy motam kuni deb eʼlon qilindi.

Kataloniyada yana karantin cheklovlari joriy qilindi, chunki Ispaniya hududida koronavirus infeksiyasi epidemiyasi avj olmoqda, deb xabar beradi Al Jazeera.

CNN axborot manbasining tarqatgan xabariga koʻra, dunyo miqyosida koronavirusdan 3 000 dan ortiq tibbiyot xodimi vafot etgan.

Nemis olimlari koronavirus kasalligidan sogʻaygan odam organizmida paydo boʻlgan antitanachalar miqdori vaqt oʻtishi bilan kamayishini aniqladi. Bu odamlarni koronavirusga qarshi emlashning uzoq muddatli samaradorligiga shubha tugʻdirishi mumkin, deb xabar beradi RBK.

DW ning xabar berishicha, Norvegiya 15-iyuldan boshlab Yevropaning 20 dan ortiq davlatlariga sayohat qilish cheklovlarini bekor qilishni rejalashtirmoqda.

Qachonlardir AQSHda koronavirus tarqalishining birinchi va eng asosiy epimarkazi boʻlgan Nyu-York shahri, pandemiya Nyu-York shtatiga kuchli zarba bergandan buyon ilk marotaba virusning qayd etilmagani yoki oʻlim holati ehtimoli past koʻrsatkichda ekanligi haqida xabar qildi, deb xabar beradi Bloomberg.

CNN ning xabar berishicha, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro pandemiya oqibatlari tufayli mamlakat iqtisodiyoti kuchli zarar koʻrgani sabab tanazzul yoqasida ekanligini maʼlum qilgan.

Aholi orasida COVID-19 kasalligi ortib borayotganligi sababli, Janubiy Afrika hukumati spirtli ichimliklarni sotishni taqiqlash va kunlik komendantlik soati joriy etishga qaror qildi, deb xabar beradi BBC.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech