22 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,2 °C

Kеyingi avlod
16 Mart  2019 762

Dunyo ta’lim tizimidagi o‘ziga xos qoidalar

Har bir davlat ta’lim tizimining o‘ziga xosligi, qonun-qoidalari bor. Ular mamlakat an’analari, odamlarning dunyoqarashi, ta’limga bo‘lgan munosabat va boshqa sabablarga ko‘ra shakllanadi.

Jumladan, Xitoyda o‘quvchilarga uyga vazifa ko‘p beriladi. Masalan, o‘quvchilar haftada 14 soat vaqtini uyga berilgan vazifalarni bajarishga sarflaydi.

Rossiyada o‘quv yili «Bilimlar kuni» bilan boshlanadi, bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri kelsa ham 1-sentyabr shu tariqa nishonlanadi.

Kundalik ovqatlanish masalasiga Fransiyada katta e'tibor beriladi, o‘quvchilar taom tayyorlash va ovqatlanish rejimi haqida mukammal tasavvurga ega bo‘lishi kerak.

Eronda o‘g‘il va qiz bolalar alohida o‘qitiladi, qizlarga ayol, o‘g‘il bolalarga erkak o‘qituvchi dars o‘tishi shart.

Avstraliyada uzoq mintaqalarda yashaydigan talabalarga radio orqali dars o‘tish tajribasi bor.

Chilida yozgi ta’til biz uchun g‘ayrioddiy muddatda, ya’ni dekabrning o‘rtalaridan martning boshigacha davom etadi.

Niderlandiyada bolalar juda erta – 4 yoshidayoq maktabga chiqadi.

Islandiyada maktab o‘quvchilariga tikish-bichishdan ham saboq beriladi.

Braziliyada tushlikka katta e’tibor qaratiladi, ko‘p maktablarda darslar juda erta, ya’ni ertalab soat yettidan boshlanadi, tushlikni esa o‘quvchilar uylariga borib oila davrasida qilishlari mumkin.

Finlandiyada bolalar yetti yoshga to‘lgachgina maktabga qabul qilinadi. Bundan tashqari, ushbu davlat ta'lim tizimi samaradorligi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. Hukumat tasdiqlaydigan ta'lim hujjatlari faqat yo‘riqnoma hisoblanib, o‘qituvchi o‘zi ma'qul topgan uslubda dars berishi mumkin. O‘quvchilarga to‘qqiz yoshidan shved tili (ikinchi til sifatida), o‘n bir yoshidan ingliz tili o‘qitila boshlaydi. Maktab o‘quvchilari kamida to‘rtta tilni o‘rganadilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech