29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,8 °C

Dolzarb
30 Iyun  2020 664

Dunyo hamon koronavirus iskanjasida

Pandemiya taʼsiri dunyo mamlakatlarining iqtisodiga tobora chuqurroq taʼsir oʻtkazyapti.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati bir kunda 1 905 taga oshdi va kasallanganlar soni 41 313 kishiga yetdi, deb xabar beradi Worldometers.

BBC tarqatgan xabarga koʻra, Yevropa Ittifoqi pandemiyaga qaramay 1 iyuldan YEI hududiga fuqarolari kirishi mumkin boʻlgan 14 ta mamlakatni eʼlon qilgan, biroq bu roʻyxatga AQSH, Braziliya, Rossiya, Turkiya va Xitoy kiritilmagan.

Qozogʻiston hukumati epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida qatʼiy karantin choralarini qayta tiklash masalasini koʻrib chiqmoqda, deb xabar beradi Akorda.kz

Rossiya Federatsiyasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, rossiyaliklarning deyarli yarmida pandemiya boshlanganda jamgʻarilgan mablagʻlari boʻlmagan. Bu haqda RBK maʼlumot bergan.

Shuningdek, ushbu manbaning tarqatgan xabariga koʻra, Britaniyalik olimlar COVID-19 ni davolashda lopinavir va ritonavir dori vositalaridan birga foydalanish foyda koʻrsatmasligini maʼlum qilgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Xitoyga bir guruh mutaxassislarni koronavirus kelib chiqish manbasini aniqlash uchun yuboradi, deb xabar beradi The Guardian.

AQSHning Los-Anjeles shtati koronavirusning yangi oʻchogʻiga aylandi, deb yozadi The Washington Post.

ABC axborot manbasining tarqatgan xabariga koʻra, Yangi Zelandiya kelgusi yilda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammitini oʻtkazishdan voz kechgan. Uning oʻrniga onlayn forum oʻtkaziladi.

Airbus aviakompaniyasi 2 yil ichida samolyot ishlab chiqarish hajmini 40 foizga kamaytirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, 14 000 ish oʻrnini bosqichma-bosqich qisqartirish masalasi ham koʻrib chiqilmoqda, deb xabar beradi Reuters.

Forbes tarqatgan xabarga koʻra, Xitoy COVID-19 vaksinasini harbiylarda sinovdan oʻtkazadi ekan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech