27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,4 °C

Salomatlik
12 Iyun  2019 411

Dunyoda yiliga qancha odam saraton xastaligi tufayli vafot etishini bilasizmi?

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Markaziy va Sharqiy yevropa mamlakatlarining onkologiya sohasida hamkorlik bo‘yicha xalqaro konferetsiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Vengriya hukumati va Vengriya inson resurslari vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yevropa mintaqaviy byurosiga a'zo 53 mamlakatidan 200 nafarga yaqin vakil qatnashmoqda.

Konferensiyada dunyoda saraton kasalligi ko‘payib borayotganligi ta'kidlandi. Buning yaqqol dalili, har yili 15 million nafarga yaqin insonda ushbu xastalik belgilari kuzatiladi va o‘lim darajasi 9 million nafardan oshadi. Bunga aholining o‘sishi bilan bir qatorda, atmosferaning konserogen moddalar bilan o‘tkir ifloslanishi, geni o‘zgartirilgan, jumladan, tabiiy bo‘lmagan oziq-ovqat mahsulotlari iste'molining ko‘payishi, jismoniy faollikning kamayishi kabi omillarni misol sifatida keltirish mumkin. Shu bois saraton xastaligi dunyo bo‘ylab jiddiy ijtimoiy muammolardan biriga aylandi. Shu bilan birga onkologik kasalliklarning “yosharayotgani” ham jiddiy muammo bo‘lib, o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi.

Afsuski, ushbu yo‘nalish O‘zbekiston uchun ham dolzarb. Mamlakatimizda hozirda 96 ming nafardan ziyod fuqaroda saraton kasalligi qayd etilgan. Har yili 20 ming nafardan ortiq saraton kasalligi tashxisi qo‘yilmoqda. Bunda ko‘krak bezi saratoni birinchi, oshqozon saratoni ikkinchi, bachadon bo‘yni saratoni uchincha o‘rinda turadi.

Xalqaro konferensiyada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Lide Lazer ta'kidlaganidek, saraton bilan kurashish muammolarining yechimi turli mamlakatlar sog‘liqni saqlash tashkilotlari sa'y-harakatlarini birlashtirgan holda uyg‘un yondashuvni talab qiladi. Shuningdek, u O‘zbekistonda saraton kasalligining oldini olish borasidagi sa'y-harakatlarga alohida to‘xtalib, xususan, odam papillomasi virusiga qarshi vaksinasining davlat tomonidan joriy etillayotganini tarixiy ahamiyatga ega deya, yuksak baholadi. Bu esa kelajakda inson papilloma virusining keskin kamayishiga xizmat qilishini e'tirof etdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech