26 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8 °C

Xavfsizlik
20 Iyul  2020 1036

Ikki kishi YTH qurboni boʻldi

Samarqandda yengil va yuk avtomashinalari toʻqnashib ketdi, vafot etganlar bor.

19-iyul ertalab Samarqand shahri hududidan oʻtuvchi M-37 avtomobil yoʻlining 43 kilometrida “DAF TE 95XF” rusumli avtomashinasi Buxoro yoʻnalishidan Toshkent yoʻnalishi tomonga ketayotganida yoʻlning qarama-qarshi tomondan harakatlanib borayotgan “Lacetti” rusumli avtomashina bilan toʻqnashuv sodir boʻlgan.

Oqibatda “Lacetti” rusumli avtomashina 31 yoshli haydovchisi bilan 24 yoshli yoʻlovchisi ogʻir tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech