24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,3 °C

Mamlakatimizda
10 May  2019 734

Dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar mualliflariga haq to‘lash bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan (385-son, 08.05.2019 y.) Ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Nizomga muvofiq, ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqi Dramatik va musiqiy asarlarni tanlash va xarid qilish bo‘yicha ishchi guruh xulosasiga ko‘ra, madaniyat vazirining buyrug‘iga asosan to‘lanadi.

Nizom bilan Ishchi guruhning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

Asar Ishchi guruhga taqdim qilinganidan so‘ng 5 ish kunida belgilangan talab va mezonlarga javob berishi tekshiriladi.

Ishchi guruh 20 kunda asarlarni ko‘rib chiqib qiymatini baholaydi hamda har chorakda kamida bir marotaba asarlar yuzasidan xulosa tayyorlab ularning bahosini belgilaydi.

Madaniyat vazirligi Ishchi guruh bergan xulosaga asosan 10 kunda mualliflik haqini to‘lash bo‘yicha buyruq qabul qiladi.

Mualliflik haqi to‘langan asarlar 6-12 oy davomida davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarida ijro etilishi shart.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech