02 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6 °C

Mamlakatimizda
23 Iyun  2020 1181

COVID-19 sharoitida adolatga erishish

Xalqaro yuristlar komissiyasi, BMT inson huquqlari boʻyicha oliy komissarining Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi va “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar boʻyicha adolatga erishish masalasi yuzasidan munozaralar tashkil etildi.

Tadbirning kun tartibidagi asosiy masala — COVID-19 pandemiyasi sharoitida odil sudlov, shu jumladan advokatlar va sudlar xizmatidan toʻsqinliksiz foydalanish. Videokonferens-aloqa imkoniyatlari orqali yuzdan ziyod ekspertlar, xususan sud korpusi va advokatlar, nodavlat notijorat tashkilotlari faollari bir maydonga birlashdilar.

Ushbu tadbir milliy va xalqaro ekspertlar, jumladan, huquqshunoslar, sudyalar, BMT organlari aʼzolari, huquqiy ekspertlar, fuqarolik jamiyati faollari, NNT va ilmiy doiralar uchun Oʻzbekistonda adolat va inson huquqlariga erishishni taʼminlash boʻyicha asosiy boʻlgan interaktiv bahslarda ishtirok etish imkonini beradi.

“Pandemiya Adliya tizimlari uchun oʻziga yarasha “yetuklik testi” boʻldi va COVID-19ga qarshi choralar sharoitida koʻplab dolzarb masalalarni hal qilishga toʻgʻri kelmoqda”, dedi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi

BMTning Markaziy Osiyodagi Inson huquqlari boʻyicha byurosi mintaqaviy vakili Rishard Komenda BMTning inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Mishel Bacheletning “Pandemiya bilan samarali kurashish uchun davlatlar muayyan inson huquqlarini amalga oshirishga ayrim cheklovlar qoʻyishi mumkin; ammo bunday cheklovlar zarur, mutanosib va kamsitishlarsiz boʻlmogʻi kerak” — degan soʻzlarini keltirdi, deb xabar beradi “Yuksalish” umummilliy harakati axborot xizmati.

Mazkur ekspert muhokamalari “Oʻzbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar standartlarini ilgari surishda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish (IIM huquqlari) (ACCESS)” loyihasi doirasida tashkil etiladi va Yevropa ittifoqining Demokratiya va inson huquqlari uchun Yevropa vositalari (EIDHR) tomonidan moliyalashtiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech