04 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

investitsiyalar
2 Iyul  2020 299

“Dong-A Electric” kompaniyasi Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi

Janubiy Koreya kompaniyasi Oʻzbekistonda elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatini oʻrganmoqda.

«Oʻzeltexsanoat» uyushmasida Janubiy Koreyaning “Dong-A Electric” kompaniyasi bilan onlayn shaklda muzokaralar oʻtkazildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Muzokaralarda tomonlar Oʻzbekistonda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikr almashdi.

Janubiy Koreyaning “Dong-A Electric” kompaniyasi katta ijrochi direktori Kim Te Uning taʼkidlashicha, loyiha doirasida kompaniya tomonidan tegishli marketing izlanishlar olib borilgan. Ayni paytda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan elektrotexnika mahsulotlarini nafaqat ichki bozor balki tashqi bozorlarga eksport qilish imkoniyatlari oʻrganilmoqda.

Maʼlumot uchun, “Dong-A Electric” kompaniyasi 1955-yilda tashkil topgan boʻlib, dastlabki faoliyati davomida asosan kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqargan. 1977-yildan boshlab esa elektrotexnika sanoati mahsulotlarini ishlab chiqara boshlagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech