24 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16 °C

Mamlakatimizda
18 Iyul  2020 1131

Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish yangi tartib asosida

2020-yil 16-iyulda Hukumatning 445-sonli “Istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” MCHJ QK ustav fondidagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti va “OʻzLITIneftegaz” AJning ulushlari Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markaziga beriladi.

Shuningdek, “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” MCHJ QK ustav fondida Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazining 0,1 foiz ulushini “Intecsea B.V.” (Niderlandiya Qirolligi) kompaniyasiga sotish QK ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida koʻrib chiqiladi.

Maʼlumot uchun, “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” MCHJ QK Hukumat qarori bilan tashkil etilgan boʻlib, korxonaning asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri ilgʻor texnologiyalarni va yetakchi xorijiy investorlarni jalb etish asosida Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy resurslari va xom ashyo bazasini chuqur qayta ishlashga qaratilgan yangi loyiha gʻoyalarini izlash va ishlab chiqish hisoblanadi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech